Close


REKTOR BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHDI


Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximovaning fakultetlar kesimida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv bugun, 4-oktabr sanasida birinchi prorektor, fakultet dekani va mas'ullar ishtirokida Boshlang‘ich ta’lim fakultetida bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida rektor har bir bo‘lajak pedagog kelajak avlod ta'limiga mas’ul ekanligini chuqur his qilgan holda doimo bilim olib, o‘z ustida tinimsiz ishlashlari, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining mas’uliyati ikki hissa ko‘pligini ta’kidladi. 

Shuningdek, har bir talaba-yoshning fikri, muammo va takliflari doimo e’tiborda ekanligi va bu borada rektorga @FeruzaMadraximova_bot orqali ham murojaat qilishlari mumkinligi aytib o‘tildi.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: