Close


“TAMADDUN, MADANIYAT VA MA’RIFAT” G‘OYASI OSTIDA ZIYOLILAR FORUMI BO‘LIB O‘TMOQDA


“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” g‘oyasi ostida ziyolilar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 3-15 dekabr kunlari Respublikamiz bo’ylab ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 4-dekabrda “Ma’rifat karvoni” loyihasining bir guruh respublika ziyolilardan iborat aʼzolari Xorazm viloyatiga yetib keldilar.

Mehmonlar ishtirokida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi tashkil etildi. Forumda viloyat imom-xatiblari, mahalla oqsoqollari, ijodkor shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ishtirok etdi. Forumni Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San'atbek Salayev ochib berdi. 

Forum kunning ikkinchi yarmida “Yangi O‘zbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusidagi anjuman bilan davom etadi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: