UrDPIda “Muhammadrizo Ogahiy ijodining bugungi avlod taʼlim va tarbiyasidagi beqiyos o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.
Ayni daqiqalarda, bugun 7-dekabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan “Muhammadrizo Ogahiy ijodining bugungi avlod taʼlim va tarbiyasidagi beqiyos o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.
Filologiya va tarix fakultetining tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu respublika ilmiy-amaliy anjumanida Boku davlat AMEA nomidagi Nizomiy adabiyot instituti, Urganch davlat universiteti, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kabi bir qator xorijiy va respublika oliy taʼlim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar va olimlar ishtirok etmoqdalar.
Maʼlumot uchun, anjuman quyidagi sho‘balarda faoliyat ko‘rsatadi:
1-sho‘ba: Filologiya. Ogahiy hayoti, ijodiy faoliyati, asarlari poetikasi; 2-sho‘ba: Ogahiy tarjimon va tarixnavis;
3-sho‘ba: Ogahiy asarlarini o‘qitish masalalari;
4-sho‘ba: Tarix. Xorazm tarixini o‘rganishda Muhammadrizo Ogahiy tarixiy asarlarining o‘rni va ahamiyati;
5-sho‘ba: Falsafa. Ogahiy asarlarida falsafiy-axloqiy qarashlarning o‘rni.











©️ UrDPI matbuot xizmati