Close


UrDPIDA YANGI YIL SHUKUHI...


UrDPIda YANGI YIL SHUKUHI...

Urganch davlat pedagogika institutida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Bayram tadbirini institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umarbek Xo‘jamurodov ochib berdi hamda oʻtib borayotgan yil sarhisobi haqida fikr-mulohazalarini bildirib, barchani tobora yaqinlashib kelayotgan yangi - 2025-yil bilan samimiy muborakbod etdi.

Institutning bosh binosi oldida yasatilgan koʻrkam bayram archasi atrofida yoshlarni birlashtirgan bayram tadbiri barchaga birdek yanada koʻtarinki kayfiyat va bayramona ruh ulashdi. 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: