Prezident topshirig‘I ijrosi amalda
UrDPIda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilayotgan bepul tayyorlov kurslarida o'qish istagini bildirgan Urganch shahrida yashovchi murojaatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 1-fevral sanasidan yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. Bugun, 1-fevral sanasida mas’ullar Urganch shahridan ushbu kurslarda ishtirok etish istagini bildirgan ota-onalar va ularning farzandlari bilan uchrashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag’al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to’g’risida”gi 18-son buyrug’i ijrosi
Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi, 1-A uy. Mo‘ljal: “Rayhon” bozori yonida.
Murojaat uchun: O‘quv bo‘limi (Asosiy bino, 2-qavat, 205-xona).
+998622291476
Bilim olish istagida bo’lgan yoshlarni maxsus BEPUL o‘quv kurslariga taklif qilamiz!






©️ UrDPI matbuot xizmati