Close


UrDPI ISHLAR BOSHQARMASI BOSHLIG‘I ISHTIROKIDA BRIFING


UrDPI Ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida brifing

Urganch davlat pedagogika instituti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromboy Samandarov Adambaevich ishtirokida brifing o‘tkazildi.

 Institut hududining 0,3 ga yer maydonida 7 qavatli 400 o‘rinli zamonaviy va barcha qulayliklarga ega Talabalar turar joyini tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida umumiy qiymati 26,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi hamda mazkur TTJ binosining ochilish marosimi joriy yilning 14-sentabr kuni o‘tkazildi. 
 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini tizimli va samarali amalga oshirish maqsadida 2024-yil bahor va kuz  mavsumida institut hududiga jami 2000 tub manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 2180 tub ekildi va reja 109 foizga bajarildi.
 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 kVt/soat quyosh panellari 2023-yilning 2-choragida o‘rnatildi. O‘rnatilgan quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining "Yashil energiya" platformasiga kiritildi hamda reja 100 foizga bajarildi. Ushbu qurilma hozirgi kunda Xorazm viloyati hududiy elektr tarmoqlari elektr liniyasi tizimiga ulangan. 

 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: