Close


UrDPI RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI BOSHLIG‘I ISHTIROKIDA BRIFING


UrDPI Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig‘i ishtirokida brifing

Urganch davlat pedagogika instituti Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Odilbek Matsapayev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Institutda lokal tarmoqni ichki va tashqi tahdidlardan himoyalash uchun “Kerio Control” dasturi ishga tushirilgan bo‘lib, institut hududida internet va videokuzatuv kameralarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda doimiy nazorat qilib borish imkoniyati yaratilgan.
 Hozirgi kunda institut hududida jami 112 ta videokuzatuv kameralari mavjud bo‘lib, jumladan binolarga kirish-chiqishda, yo‘laklarda 44 ta, dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadigan auditoriyalarda 68 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
 Institut hududiga kirish-chiqishni nazorat qilish va raqamlashtirish maqsadida 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab FACE ID tizimi ishga tushirildi, hozirgi kunda ushbu tizimdan jami 7184 nafar rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar, ishchi xizmatchilar hamda talabalar autentifikatsiyadan o‘tkazilgan.

 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: