Close


UrDPI ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALAR BOʻYICHA PROREKTORI ISHTIROKIDA BRIFING


UrDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori ishtirokida brifing

Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Diyorjon Abdullayev Nodirjon oʻgʻli ishtirokida brifing oʻtkazildi.

2024-yilda UrDPI Yevroosiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga aʼzo taʼlim muassasasiga aylandi.
 Xalqaro va respublika olimlari ishtirokida 2024-yil davomida institutda 7 ta ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
 Institut 2022-2024-yillar davomida jami 37 ta xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ilmiy tadqiqot muassasalari bilan memorandum imzolagan boʻlsa, 2024-yil davomida jami 21 ta xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Ular: Turkiya, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Hindiston va AQSHning OTMlari hisoblanadi.
UrDPI 2024-yil davomida 20 ga yaqin professor-oʻqituvchilarni jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yubordi.10 ga yaqin xorijlik oʻqituvchilarni institutga jalb qildi.

*Batafsil videoda

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: