Close


UrDPI AXBOROT SIYOSATI MASALALARI BO‘YICHA REKTOR MASLAHATCHISI — MATBUOT KOTIBI ISHTIROKIDA BRIFING


UrDPI Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi — matbuot kotibi ishtirokida brifing

Urganch davlat pedagogika instituti Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi — matbuot kotibi Nazokat Kamilova Saidjonovna ishtirokida brifing o‘tkazildi.

2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yangi O‘zbekiston" nashri, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi  (UzA), “O‘zbekiston” , "O‘zbekiston 24" , "Yoshlar" , “MY5” , “Qaraqalpaqstan” , "Xorazm MTRK"  kabi davlat telekanallari hamda “8 TV telekanali”  kabi xususiy telekanallar, jurnalist va blogerlar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib borilib, institutning xalqaro hamkorliklari, ilmiy, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy sohalariga oid materiallar muntazam yoritilib borildi.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son Qarorining ijrosi yuzasidan institut rahbarlarining fuqarolarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish qamrovi va sifatini oshirish, ta’lim jarayonini ilg‘or oliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan OAVda uzluksiz chiqishlar berib borildi.  
 UrDPI jamoasining institut ijtimoiy tarmoqlaridan tashqari, boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritilishi bo‘yicha maxsus kanal (UrDPI boshqa ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/UrDPI_Uz_OAV/2121)) ochilgan bo‘lib, maxsus kanal barcha ma’lumotlarni qamrab olgan. 

*Batafsil videoda

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: