“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmon ijrosi yuzasidan targʻibot uchrashuvlari olib borilmoqda.
Urganch davlat pedagogika instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Umarbek Sheripov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Umarjon Xoʻjamurodovlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori hamda Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mazmuni tushuntirildi.
Unga koʻra:
Bakalavriat va magistraturaga 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi!
Bunda:
Ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
Ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
Ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Mazkur nizomda grant ajratishning tartibi, shart-sharoitlari, shuningdek, ularni qayta taqsimlash mexanizmlari batafsil belgilab berilgan.
Mazkur tartib 2024–2025-o‘quv yildan boshlab bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qishga kirgan talabalar uchun amal qiladi.
NIZOM bilan batafsil tanishing





©️ UrDPI matbuot xizmati