Close


UrDPI VA PREZIDENT MAKTABI O‘RTASIDA HAMKORLIK


UrDPI va Prezident maktabi o‘rtasida hamkorlik

Bugun, 22-aprel kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova rahbarligida institut mas'ullari Xiva shahridagi Prezident maktabiga bordilar. U yerda o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra ikkala tomon mas'ullari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlik memorandumi imzolandi. O‘zaro hamkorlik doirasida o‘quv, ilmiy va metodik ko‘mak berishga kelishib olindi. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: