Close


UrDPI VAKILI TURKIYA RESPUBLIKASIDA O‘TKAZILGAN XALQARO ILMIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETDI


UrDPI vakili Turkiya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi

Turkiyaning Fethiye shahrida “10th International Conference on Superconductivity and Magnetism” hamda “3rd International Conference on Quantum Materials and Technologies” nomli yirik xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani, PhD Hikmat Matyoqubov “Quantum Charge Transport in Branched Molecular Chains” (Tarmoqlangan molekulyar zanjirlarda kvant zaryad tashilishi) mavzusida ilmiy poster taqdimoti bilan qatnashdi.

Mazkur nufuzli konferensiyada shuningdek, Rossiya, Yaponiya,  AQSh, Koreya, Ispaniya, Hindiston, Pokiston va boshqa 100 ga yaqin davlatlardan 500 dan ortiq olimlar ishtirok etdi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: