Rektor professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlari hamda viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan, bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashdi.
Shuningdek, joriy yil 28-aprelda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati bo‘yicha maʼlumot berildi.
Ushbu farmon mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida takomillashtirishda mazmunan hozirgi davr uchun zarur edi. Muhimi, farmon bilan pedagogik OTMlarda ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish belgilandi. Endilikda barcha pedagogik OTMlarining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilishi ham ta’lim sohasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashda asos bo‘ladi.




©️ UrDPI matbuot xizmati