Close


UrDPIDA YANGI QONUN VA QARORLARNING MAZMUN-MOHIYATINI JAMOAGA YETKAZISH MAQSADIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI


UrDPIda yangi Qonun va Qarorlarning mazmun-mohiyatini jamoaga yetkazish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, O‘quv-uslubiy boshqarma hamda institut yuristi ishtirokida tashkil etilgan mazkur targʻibot tadbiri davomida Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar, yangi farmon va qarorlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘ngida professor-o‘qituvchilar ishtirokida #StopKorrupsiya xeshtegi ostida chellenj ham tashkil etildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: