Urganch davlat pedagogika institutida Xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunga kelib, institut tomonidan 14 ta xorijiy davlatdagi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan jami 50 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolangan.
Xususan, Buyuk Britaniya (Norvich til o‘qitish instituti (NİLE)), AQSh (Lincoln universiteti), Ispaniya (Santiago Compostela universiteti), Indoneziya (Gunadarma universiteti), Rossiya Federatsiyasi (V.G.Korolenko nomidagi Glazovsk davlat injener-pedagagogika universiteti, R.Gamzatov nomidagi Dog‘iston davlat pedagogika universiteti, Kazan Federal universiteti, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Astraxan davlat universiteti, Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Novosibirsk davlat texnika universiteti), Belarus Respublikasi (Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti), Xitoy Xalq Respublikasi (Shensi Normal universiteti, Shinjon universiteti, Nankin politexnika instituti, Lanjou universiteti), Janubiy Koreya Respublikasi (Dongshin universiteti, Yevroosiyo turkiy ta’lim instituti), Qozog‘iston Respublikasi (M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti, O'zbekali Jonibek nomidagi Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, S.Seyfulin nomidagi Qozog'iston agrotexnika tadqiqotlar universiteti, Atirau universiteti), Qirg‘iz Respublikasi (Qirg'iziston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi, Manas milliy akademiyasi), Turkiya Respublikasi (Chanaqqale o'nsakkiz mart universiteti, Ankara musiqa va tasviriy san'at universiteti, Ankara Yildirim Beyazit universiteti, Bartin universiteti, Ibn Haldun universiteti, Istanbul Sabahattin Zaim universiteti, Istanbul universiteti, Karabuk universiteti, Ondokuz Mayis universiteti, Seljuq universiteti, EGE universiteti, Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti, Nejmiddin Erbakan universiteti), Ozarbayjon Respublikasi (Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Ozarbayjon universiteti, Ozarbayjon tillar universiteti, Ozarbayjon qo‘shimcha ta’lim markazi, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Ozarbayjon davlat va madaniyat universiteti, Ozarbayjon xalqaro maqom markazi), Hindiston Respublikasi (Jawaharlal Nehru universiteti, Acharya instituti) hamda Iordaniya (Jadara universiteti) davlatlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari tuzilgan.

Ular bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish va stajirovka amaliyoti, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, ikki diplomli tizim asosida kadrlar tayyorlash borasida jadal ishlar olib bormoqda.
Shuningdek, institut UI GreenMetric Xalqaro universitetlar reytingi, Times Higher Education xalqaro Top-1000 talik universitetlarni baholovchi reyting tashkiloti hamda Yevroosiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga a’zo ta’lim muassasasi sifatida kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son Qarorlari ijrosi ta’minlab kelinmoqda. Urganch davlat pedagogika instituti qisqa vaqt ichida xalqaro maydonda o‘zining mustahkam o‘rnini topishga erishmoqda. Institut o‘z faoliyatini zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va joriy etish, professor-o‘qituvchilarning salohiyatini oshirishga qaratgan bo‘lib, ushbu maqsadlarda xalqaro aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Ayniqsa, institutning kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlari e’tiborga loyiqdir. 2023-yilda 7 nafar, 2024-yilda 18 nafar, 2025-yilda 23 nafar professor-o‘qituvchi hamkor xorijiy nufuzli universitetlarda malaka oshirdi hamda stajirovka dasturlarida ishtirok etdi. Bu o‘z navbatida o‘qituvchilarning xorijiy zamonaviy pedagogik va ilmiy yondashuvlarni o‘zlashtirishiga, talabalarga berilayotgan ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Institutda xorijiy tajribani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘quv jarayoniga joriy etish maqsadida xorijiy professorlar hamda soha mutaxassislarni jalq qilish faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. 2023-yilda Rossiya va Turkiyadan 2 nafar, 2024-yilda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston va Qozog‘istondan 9 nafar, 2025-yilda 11 nafar xorijiy professorlar hamda soha mutaxassislari institut dars jarayoniga jalb qilingan. Bu o‘z navbatida talabalarni xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash imkonini bermoqda.
Institutning xalqaro maydondagi faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi - ilmiy anjumanlar, forumlar va simpoziumlardagi ishtirokdir. 2023-yilda 11 nafar, 2024-yilda 20 nafar, 2025-yilda esa 26 nafar professor-o‘qituvchi va olimlar Buyuk Britaniya, AQSh, Indoneziya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Birlashgan Arab amirliklarida tashkil etilgan ilmiy-amaliy tadbirlarda faol ishtirok etdi. Bu kabi tadbirlarda ishtirok etish nafaqat ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga, balki institut nufuzini xalqaro darajada tanitishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, institutga tashrif buyurayotgan xorijiy delegatsiyalar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. 2023-yilda 22 nafar, 2024-yilda 28 nafar, 2025-yilda 30 nafar Ispaniya, Singapur, Afrika, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Hindiston Respublikasidan xorijiy delegatsiya vakillari institutga tashrif buyurishdi. Ushbu delegatsiya tarkibida xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari mavjud bo‘lib, ular institut faoliyatiga ijobiy baho bermoqda, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etmoqda, shuningdek, kelgusi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Shuningdek, hozirda xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish ishlari olib borilmoqda. Bunda xalqaro talabalar anjumanlarini о‘tkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini ta’minlash hamda xorijiy davlat OTMlari va konsulliklari bilan hamkorlikda talabalarni jalb etish kabi vazifalar belgilangan.
Urganch davlat pedagogika institutining xalqaro maydondagi bunday faol ishtiroki Yangi O‘zbekiston oliy ta'lim tizimining globallashuv yo‘lidagi izchil harakatlari, shuningdek, institut rahbariyati va jamoasining fidokorona mehnatining yorqin ifodasidir.

©️ UrDPI matbuot xizmati