Close


UrDPI TALABASI XALQARO VA RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI TANLOVLARDA MUVAFFAQIYATGA ERISHDI


UrDPI talabasi xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda muvaffaqiyatga erishdi

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “European Stars” I xalqaro online tanlovida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo‘nalishi talabasi Otaxonov Nodirbek Amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, I darajali diplom bilan taqdirlandi. 

Shuningdek, N.Otaxonov  “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san’ati asarlari ijodiy tanlovida 18–23 yosh toifasida ishtirok etib, “Eng yaxshi amaliy san’at asari uchun” nominatsiyasida III o‘rinni egalladi.

Mazkur e'tiroflar bilan iste'dodli talabamizni samimiy muborakbod qilamiz va yanada yangi zafarlar tilab qolamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: