UrDPI dotsenti Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada bronza medalini qo‘lga kiritdi
Koreya Ixtirochi ayollari Assotsiatsiyasi (KWIA) va Koreya intellektual mulk ofisi (KIPO) tomonidan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi — KIWIE-2025” tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rgazmada Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga asosan mamlakatimizdan saralab olingan ilg‘or ayollar safida Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Atajonova Anorgul Jumaniyazovna ham o‘z ixtirosi bilan ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, mazkur ko‘rgazmada 30 dan ziyod davlatdan 350 dan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etdilar va o‘zaro kuch sinashdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/57071
Ustozimizni mazkur xalqaro e'tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda doimo omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!




©️ UrDPI matbuot xizmati