Close


CURRENT 90 DAYS


"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti dekani N.Masharipova va fakultet mas'ullari Urganch tuman "Gulzor"mahallasidagi 2-sonli, "Baynalminalchi" mahallasidagi 18-sonli, "Temiryo'lchi" mahallasidagi 29-sonli maktablarda hamda Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyda davra suhbatlari o'tkazdilar.     

Davra suhbatlari davomida bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari, yoshlarda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg'ularini kamol toptirish, oliy ta'lim, mahalla hamda maktab hamkorligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: