Close


UrDPINING 2 NAFAR IQTIDORLI TALABASI “VILOYAT HOKIMI” STIPENDIYASI SOHIBASI BO‘LDI!


UrDPIning 2 nafar iqtidorli talabasi “Viloyat hokimi” stipendiyasi sohibasi bo‘ldi!

Ushbu stipendiya bilimli, tashabbuskor va ijtimoiy faol talabalarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan bo‘lib, tanlov natijalari viloyat komissiyasi tomonidan ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ko‘rib chiqildi. 

Quvonarlisi, Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakultetining 2 nafar iqtidorli talabalari — Boynazarova Muxlisa Dilshod qizi hamda Bozarboyeva Muhsina Quvondiq qizi Xorazm viloyati hokimining stipendiyasi sovrindorlari safidan joy oldi.

 Xorazm viloyati hokimining 2023-yildan joriy etilgan stipendiyasi bugungi kunda yoshlarning bilim va salohiyatini e’tirof etishda muhim omillardan biriga aylanmoqda. 

Institut jamoasi nomidan stipendiant talabalarimizni samimiy muborakbod qilamiz va kelgusi faoliyatlarida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: