Close


FAKULTETLAR KENGASHLARINING OXIRGI YIG‘ILISHLARI BO‘LIB O‘TDI


Fakultetlar Kengashlarining oxirgi  yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat pedagogika institutining Filologiya va tarix hamda Pedagogika fakultetlarida boʻlib oʻtgan, yil sarhisobiga bagʻishlangan fakultet Kengashlarining oxirgi majlisida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Diyorjon Abdullayev hamda fakultet mas’ullari ishtirok etdilar. 

Kun tartibida fakultetlar kafedralari kesimida ularning 2024/2025-o‘quv yilidagi faoliyati sarhisob qilindi,  malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobot va axborotlar tinglandi. Shuningdek, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari tahlil qilindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: