Close


UrDPI TALABASI O‘ZBEKISTON KUBOGINING OLTIN MEDALI SOHIBASI


UrDPI talabasi O‘zbekiston kubogining  oltin medali sohibasi

Uch kun davomida Andijon shahridagi "Universal" sport majmuasi kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qildi.  

Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Erkaklar o‘rtasida -100, +100 kg, ayollarda esa -78 va +78 kg vaznlarda g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi. 

Quvonarlisi, +78 kg vazn toifasida Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Durdona Nizomaddinova barcha raqibalaridan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Iqtidorli talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: