Close


UrDPI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


UrDPI Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisida institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova va kengash aʼzolari ishtirok etdilar. Kengash avvalida rektor tomonidan OAK xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar, shuningdek, matbuot xizmatiga Vazir tashakkurnomasi topshirildi.

Kun tartibida soha prorektorlari va rektor tasarrufidagi boʻlimlarning 2024-2025-oʻquv yilidagi faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotlari tinglandi. Shuningdek, kafedralar kesimida institut professor-oʻqituvchilarining oʻtgan oʻquv yili davomida 110 ballik baholash tizimidagi faoliyati natijalari e’lon qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Kelgusi oʻquv yiliga tayyorgarlik va mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Kengash yakunida professor-o‘qituvchilarni xujjatlari ilmiy unvon uchun OAKga hamda qator nashrchilik ishlari Muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya qilindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: