Close


UrDPI VAKILI BISHKEKDAGI XALQARO ILMIY ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDA


UrDPI vakili Bishkekdagi xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Qirgʻiziston Respublikasi, Bishkek shahrida “Axborot texnologiyalar davrida Yangi ipak yoʻlida koreyashunoslik boʻyicha tadqiqotlar” mavzusida XIII Oʻrta Osiyo koreyashunoslik ilmiy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur anjumanda Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri, dotsent Feruza  Radjapova ham  “Orolboʻyi mintaqasi universitetlarida koreyashunoslik va koreys filologiyasi taʼlimining sifatini yangi bosqichga koʻtarish istiqbollari” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Institutimiz vakilining mazkur nufuzli anjumandagi ishtiroki ilmiy hamkorliklarni kuchaytirish, yangi tajriba va gʻoyalarni almashish, shuningdek, taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: