Close


UrDPI VAKILI XITOYDA SHENYAN PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRISH DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA


UrDPI vakili Xitoyda Shenyan pedagogika universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenyan pedagogika universitetida “Preschool Education Camp” loyihasi doirasida malaka oshirish va madaniy almashinuv dasturlari davom etmoqda.

Dastur doirasida yurtimizning 12 ta pedagogik oliy ta’lim muassasasi vakillari, xususan Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Yakubova Diana ham ishtirok etmoqda.

Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar Xitoyning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishib, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni orttirishmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: