Oliy ta’lim tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlariga sertifikatlar topshirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 3-5 iyul kunlari oʻtkazilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi malaka oshirish kurslarining birinchi chaqiruvi yakunlandi.
Kurs yakunlari boʻyicha qatnashgan oliy ta’lim tashkilotlari axborot xizmatlari 50 nafar xodimiga, xususan Urganch davlat pedagogika instituti Axborot siyosati masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Nazokat Kamilova ham Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan maxsus sertifikat topshirildi.
Mazkur dastur ishtirokchilarning axborot siyosatini yuritishda zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor koʻnikmalardan samarali foydalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.





©️ UrDPI matbuot xizmati