Close


UrDPI TALABASI “BOXING CUP ASTANA 2025” JAHON MUSOBAQASIDA BRONZA MEDALINI QOʻLGA KIRITDI!


UrDPI talabasi “Boxing Cup Astana 2025” jahon musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi!

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan World Boxing tashkiloti kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur nufuzli bosqichda ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani bitta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. 

Quvonarlisi, +80 kg vazn toifasida ringga chiqqan sportchimiz Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Oltinoy Sotimboyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yurtimiz faxri boʻlgan talabamizni ushbu xalqaro e’tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz! Xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: