UrDPI XALQARO KONFERENSIYA TASHKILOTCHISI BO'LDI
Joriy yilning 23-28 sentabr kunlari Samarqand shahrida «Yangi avlod yupqa plyonkali fotovoltaik tizmlar uchun ilg‘or funksional materiallar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi. Konferensiya tashkilotchilari qatorida Germaniyaning Tomas Riedl, Vuppertal universitetlari bilan birga Urganch davlat pedagogika instituti ham bor.
Konferensiyaga 20 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan 40 nafardan ortiq yetuk olimlar taklif etilgan. Ushbu xalqaro konferensiyaning maqsadi Fizika fanining ilmiy rivojiga hissa qo'shib, ilg‘or funksional materiallarga e‘tibor qaratgan holda yangi avlod yupqa plyonkali fotovoltaika, perovskitlar, fulleren bo‘lmagan akseptor polimerlar, kvant nuqtalar, zaryad tashuvchilarni ko‘paytirishni ta’minlovchilar kabi bir qator sohalardagi istiqbollar va muammolarini, muhokama qilishdir.
Fizika va aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha barcha olim va ilmiy izlanuvchilarni konferensiyaga taklif qilamiz.
©️ UrSPI Press Service