Close


UrDPI vakili Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari tahlil markazlarining xalqaro forumida ishtirok etmoqda.


Urganch davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev joriy yilning 19-23-sentabr kunlari Xitoyning Sian provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari tahlil markazlarining xalqaro forumida ishtirok etmoqda. 

Xabaringiz bor, institut rektori Feruza Madraximovaning joriy yilning yanvar oyida Xitoyga xizmat safari davomida ikkala oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi (https://t.me/UrDPI_UZ/14094) imzolangan edi. 

Shuningdek, joriy yilning 18-mart sanasida Shensi pedagogika universiteti Markaziy Osiyo instituti dekani Li Tsi, Belt va Road madaniyati instituti ijrochi direktori Xe Chjilong, Markaziy Osiyo instituti dekan o‘rinbosari Chen Dongjie, Markaziy Osiyo instituti ilmiy xodimi yordamchisi Li Yuyu, Markaziy Osiyo instituti ilmiy xodimi yordamchisi Kang Linalar ham UrDPIga tashrif (https://t.me/UrDPI_UZ/17275) buyurgan edilar. Tashrif davomida o'quv, akademik, ilmiy sohalardagi hamkorliklarni yanada kengaytirishga qaratilgan muzokaralar bo'lib o'tgan edi.

Endilikda ushbu hamkorliklarning uzviy davomi sifatida xitoylik professor-o‘qituvchilarning institut talabalariga dars o‘tishi hamda joriy yilning noyabr oyida UrDPIda o‘kazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro anjumanda ham ishtirok etishlari kutilmoqda.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati