UrDPI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI O’RTASIDA 8-MART – “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN VOLEYBOL MUSOBAQASI O’TKAZILADI!
UrDPI professor-o’qituvchilari o’rtasida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan voleybol musobaqasi o’tkaziladi!
Joriy yilning 1-mart kuni soat 10:00 da institutning sport zalida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan (ayollar jamoasi) o’rtasida sportning voleybol turidan musobaqa bo’lib o’tadi.
Bunda har bir fakultetdan ixtiyoriy ikkita jamoa (7 ta ishtirokchi) qatnashishi mumkin.
G’olib bo’lgan jamoalar institut Sport klubi va Boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.
Izoh: Musobaqa talabnomasi joriy yilning 28-fevral sanasi, soat 16.00 ga qadar sport klub rahbariga topshirilishi lozim.
Murojaat uchun: +998 93 469 00 66

©️ UrDPI matbuot xizmati