Close


Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Ziyo ulash” kitob almashish loyihasiga start berildi!


Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Davlat xizmatlari markazlarida kutubxona burchagi tashkil etish, bu orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, buni ragʻbatlantirib borish.

Bunda, adliya tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar, shuningdek aholi tomonidan ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etiladi. Markazlarda tashkil etilgan kitob javonlari toʻldirilgach, ortgan kitoblar “Ziyo-ulash” loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalarga, maktablar, bogʻchalarga sayyor tarzda yetkazib beriladi, shuningdek FHDY boʻlimlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga taqdim etiladi.

📖 Mazkur aksiyadan kutilayotgan natija esa aholi va adliya tizimi xodimlarining kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish, aksariyat hollarda aholi xonadonlarida oʻqib boʻlingan va foydalanilmasdan kelinayotgan kitoblarni ixtiyoriylik bilan jalb qilib foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, loyiha davomida toʻplanib ortib qolgan kitoblarni imkoniyati cheklangan, oʻqish imkoni bor fuqarolarga tarqatish orqali “Ziyo-ulash” loyihasi davomiyligini taʼminlashdan iboratdir.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati