Close


9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN “IKKINCHI JAHON URUSHI XOTIRALARDA” MAVZUSIDA IJODIY ISHLAR KO‘RIK-TANLOVI E'LON QILINMOQDA!


9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi e'lon qilinmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 169-son buyrug‘i bilan tashkil etilayotgan tanlov rang-tasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.  

Tanlovga quyidagi hujjatlarni taqdim qilish so‘raladi:
— tanlovda ishtirok etish uchun ma'lumotnoma (rezyume);
— pasport (ID-karta) nusxasi;
— ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo'lsa);
— o‘qish yoki diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa) ma'lumotnoma va tavsifnoma;
— 9x12 o‘lchamdagi bitta rangli fotosurat;
— tanlovda ishtirok etayotgan nomzod tomonidan yaratilgan, badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan (ramka bilan bezatilgan) ijod namunasi (asar).

Mazkur ko‘rik-tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan iqtidorli talabalar 2025-yilning 25-fevral sanasidan 10-aprel sanasiga qadar o‘z ijod namunalarini tanlov tashkiliy qo‘mitasiga topshirishlari so‘raladi.

 Bog‘lanish uchun: +998 99 860-18-87

© UrDPI matbuot xizmati