Close


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2024-YIL 20-YANVARDAGI 36-SONLI QARORI IJROSINI TA'MINLASH MAQSADIDA "JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT", "EKSTREMIZM VA TERRORIZM NIMA?", "JINOYAT BU..." KABI MAVZULARDA QISQA METRAJLI VIDEOROLIKLAR TAYYORLASH VA N


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Jaholatga qarshi ma'rifat", "Ekstremizm va terrorizm nima?", "Jinoyat bu..." kabi mavzularda qisqa metrajli videoroliklar tayyorlash va namoyish etish belgilangan. Shu munosabat bilan, iqtidorli talabalarni ushbu loyihada ishtirok etishga taklif etamiz! 

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga yoki fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin. 

Materiallar joriy yilning 24-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Saralangan videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali yoritiladi. Barchangizni faol ishtirok etishga chaqiramiz!

© UrDPI matbuot xizmati