“ILHOM” MUKOFOTI TANLOVIGA START BERILDI!
“Ilhom” mukofoti tanloviga start berildi!
Urganch davlat pedagogika institutida shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy-ijodiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan talabalar uchun “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning birinchi bosqichi test sinovi shaklida bo‘lib, 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Savollar milliy adabiyotimizning durdona asarlari, buyuk adib va mutafakkirlarning boy merosi hamda shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – 100 BHM miqdorida pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka
2-o‘rin – 80 BHM miqdorida pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka
3-o‘rin – 40 BHM miqdorida pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka
7-aprel, 14:00
1-bino, Axborot resurs markazi
Barcha talabalarni ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati