SIZNING SOG‘LIGINGIZ VA XAVFSIZLIGINGIZ BIZ UCHUN DOIMO MUHIM. AYNI PAYTDA RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB YOSHLARNI TURLI ZARARLI ODATLARDAN, AYNIQSA GIYOHVANDLIKDAN ASRASH, ULARNING HUQUQIY ONGI VA FAOLLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA TARG‘IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA.
Hurmatli talabalar!
Sizning sog‘ligingiz va xavfsizligingiz biz uchun doimo muhim. Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab yoshlarni turli zararli odatlardan, ayniqsa giyohvandlikdan asrash, ularning huquqiy ongi va faolligini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Sizning huquqlaringizni himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan maxsus telegram bot ishga tushirildi – @stopnarko_bot.
Ushbu bot orqali siz:
— Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning tarqatilishi haqida;
— Ularni iste’mol qilishga targ‘ib qiluvchi holatlar haqida;
— Bu boradagi huquqbuzarliklar yoki shubhali harakatlar haqida anonim tarzda xabar berishingiz mumkin.

©️ UrDPI matbuot xizmati