Close


HUKUMATNING TEGISHLI QARORI BILAN (№149, 10.03.2025) “OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA TALABALARGA GRANTLARNI TAQDIM ETISH VA QAYTA TAQSIMLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM” TASDIQLANDI.


Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. 

Mazkur nizomda grant ajratishning tartibi, shart-sharoitlari, shuningdek, ularni qayta taqsimlash mexanizmlari batafsil belgilab berilgan. 

Mazkur tartib 2024–2025-o‘quv yildan boshlab bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qishga kirgan talabalar uchun amal qiladi.  

“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmon ijrosi.

Unga koʻra:
🇺🇿 Bakalavriat va magistraturaga 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi!

Bunda:
✅ Ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

✅ Ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

✅ Ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

✅ Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

Ushbu havola orqali tanishing

©️ UrDPI matbuot xizmati