UrDPI VA XORAZM VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMKORLIGIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA FIZIKA, KIMYO VA BIOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILADI.
UrDPI va Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qarori va 2021-yil 8-sentabrdagi 383-sonli buyruq ijrosi.
Olimpiada uch bosqichda o‘tkaziladi:
1. Tuman (shahar) bosqichi — joriy yilning 29-aprel kuni;
2. Viloyat bosqichi — joriy yilning 1-may kuni;
3. Institut bosqichi — joriy yilning 3-may kuni.
Fizika fanidan har bir bosqichda 50 ta test (har biri 1,5 ballik), kimyo va biologiya fanlaridan esa 25 ta test (har biri 2 ballik) yechiladi. Institut bosqichida kimyo va biologiya fanlaridan amaliy ishlar ham o‘tkaziladi.
Batafsil ma'lumot havola: 👉 https://forms.gle/frGZzrTaGJfcL78BA.
Murojaat uchun: +998885245888
UrDPIdan mas'ul xodim: +998914237171
Test sinovlari APro.uz platformasi orqali onlayn shaklda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar belgilangan vaqtda tizimga kirib testlarni topshirishlari zarur.

©️ UrDPI matbuot xizmati