URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABA-YOSHLARI DIQQATIGA!
Urganch davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF–16-son Farmonining 16-ilovasi 30-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Eko-innovation – 2025” mavzusida ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ushbu ko‘rgazmada respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan, ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan, o‘z ijodiy qarashlarini jamiyatga taqdim etishni istagan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📌 Loyihalarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
— Taqdim etilayotgan loyihalar ekologik muammolarning zamonaviy va innovatsion usullar orqali hal etilishi bo‘yicha aniq takliflarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur;
— Ishlanma ilmiy-texnik asoslangan, real hayotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, amaliy qiymatga ega bo‘lishi kerak;
— Loyiha doirasida ilgari surilayotgan g‘oya mahalliy (ya’ni o‘z hududimizdagi) yoki global ekologik muammolarni qamrab olgan bo‘lishi mumkin.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarni zamonaviy, ilmiy va texnologik yondashuvlar orqali hal etishga oid ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yoshlarning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish, ularni ekologik ongli va innovatsion fikrlovchi mutaxassis sifatida shakllantirish, shuningdek, mazkur loyihalarni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishdan iborat.
Loyihalarni topshirish muddati:
📅 2025-yil 15-maygacha
📤 Loyihalar quyidagi Telegram manzilga yuboriladi:
@diyora_safayeva

©️ UrDPI matbuot xizmati