UrDPIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVLARI UCHUN HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!
UrDPIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi!
🗣Talabgorlarning hujjatlari quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
— Hemis tizimidan o'zlashtirish qaydnomasi (transkript)
— Dekan tavsiyanomasi
— Kafedra mudiri tavsiyanomasi
— Ilmiy rahbar xulosasi
— Annotatsiya
— Ilmiy ishlar ro'yxati (tasdiqlangan holatda)
— Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari
— Erishgan qo'shimcha yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat, ...)
— Pasport nusxasi
— Ma’lumotnoma (obyektivka)
— Rasm (10*15 o’lchamda).
Nizom bilan tanishing
Tanlovda bakalavriat bosqichining 2-3 kurs talabalari va 1-bosqich magistrantlari ishtirok eta oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari — yuksak bilim, ilmiy izlanish va ijtimoiy faollik ko‘rsatgan iqtidorli talaba va magistrlarga beriladigan nufuzli mukofot hisoblanadi. Ushbu stipendiya nafaqat moddiy rag‘bat, balki talabgorga katta ishonch va kelajakdagi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

©️ UrDPI matbuot xizmati