Close


UrDPI TALABALARI O‘RTASIDA “MENING O‘ZBEKISTONIM” VA “MEN SEVGAN ASAR” MAVZULARIDA VIDEOROLIKLAR TANLOVI O‘TKAZILISHINI MA’LUM QILAMIZ!


UrDPI talabalari o‘rtasida “Mening O‘zbekistonim” va “Men sevgan asar” mavzularida videoroliklar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!

 Tanlovdan ko‘zlangan maqsad:

 Talabalarda Vatanga muhabbat, g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash;
 Yurtimizning boy tarixi, madaniyati va mustaqillik yutuqlarini keng targ‘ib qilish;
 Kitob mutolaasi va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
 Talabalar ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va rag‘batlantirish.

 Talablar:
– Videoroliklar 1,5–3 daqiqa oralig‘ida bo‘lishi kerak;
– Yaratilgan roliklar sizning ijodingiz mahsuli bo‘lishi lozim;
– Har bir rolik mavzuga mos va sifatli bo‘lishi talab etiladi.

 Eng yaxshi ishlar mualliflari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi! 

 Roliklarni yuborish va batafsil ma’lumot uchun murojaat:
@baxtiyarov_ss   📞  +99899-688-55-37

O‘z ijodingizni namoyish qilish va iqtidoringizni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© UrDPI matbuot xizmati