DIQQAT E'LON
Urganch davlat pedagogika institutida Mustaqil tadqiqotchilik uchun 15-yanvardan 15-fevralgacha quyidagi sohalarda hujjat qabul qilish boshlandi!
13.00.01 — Pedagogika nazariyasi va tarixi
13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
13.00.04 — Jismoniy tarbiya
19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
07.00.01 — O'zbekiston tarixi
09.00.04 — Ijtimoiy falsafa
10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— Ariza;
— Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda);
— Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi;
— Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
— Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);
— Pasport nusxasi;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
*Izoh: Barcha hujjatlar saytga yuklashdan avval rangli, tiniq va sifatli bo'lishi shart.