“PEDAGOGNING MAQOMI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IMZOLANDI
Ushbu Qonun asosida pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilib, ularning ijtimoiy himoyasi taʼminlanishi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar berilishi orqali O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinadi.
Qonunda pedagoglar o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun ularning huquqlari qatʼiy belgilab qo‘yilmoqda. Xususan, pedagoglar kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olishi, taʼlim tashkilotini boshqarishda, shuningdek taʼlim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishi, o‘z kasbiy faoliyatiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish hamda taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish huquqlarga ega bo‘ladi.
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun