Monograph
Monografiyada “Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, uning doston va ertak variantlari tahlil etilgan. Eposning “Аvesto” va “Shohnoma” mifologiyasining doston syujetida shakllanishi ilk marotaba tadqiq qilinib, dostonning qoʼlyozma tarzida ommalashgan yozma nusxalarining oʼziga xos xususiyatlari ochib berildi.
“Shahriyor” dostonining ilk manbalari, genetik asoslari va oʼzbek folьkloridagi variantlarining oʼziga xos xususiyatlari, doston syujetidagi asosiy motivlar tizimining genezisi ertakchilik anʼanalari bilan aloqadorligiga eʼtibor qaratiladi. Oʼz navbatida, “Shahriyor”, “Qorakoʼz oyim”, “Sohibqiron”, “Odilxon”, “Oyparcha” dostonlari, shuningdek, mazkur epik syujet asosida yaratilgan ertaklar tanlab olindi.
Monografiya filologiya fakulьteti talabalari, magistrantlari hamda til va adabiyot ilmiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʼljallangan.