URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABALAR KONTINGENTI OSHAYOTGANLIGI VA INSTITUT TASHKILIY TUZILMASI KENGAYIB, O'ZGARAYOTGANLIGI SABABLI PROFESSOR-O'QITUVCHILARGA EHTIYOJ SEZILMOQDA.
Urganch davlat pedagogika institutida talabalar kontingenti oshayotganligi va institut tashkiliy tuzilmasi kengayib, o'zgarayotganligi sababli professor-o'qituvchilarga ehtiyoj sezilmoqda.
Shu bois, institutimizga mahoratli, tashabbuskor va bilimli professor-o'qituvchilarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishga qabul qilamiz:
Pedagogika,
Maktabgacha ta’lim,
Boshlang'ich ta'lim,
Tarix,
Biologiya,
Kimyo,
Geografiya,
Fizika,
Astronomiya,
Matematika,
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi,
Musiqa ta'limi,
O'zbek tili va adabiyoti,
Rus tili va adabiyoti,
Ingliz filologiyasi,
Milliy g'oya va falsafa,
Jismoniy madaniyat va sport,
Texnologik ta'lim.
Ishga qabul qilishda talabgorlar magistratura bosqichini yakunlagan, soha bo'yicha yetuk mutaxassis va pedagogik mahoratga ega bo'lishlari kerak.
Xorijiy tillar bo'yicha sertifikatga ega,
PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega,
dotsent yoki professor ilmiy unvoniga ega bo'lgan talabgorlarga ustunlik berilib, ularning dars soatlari xajmi va taqsimotida keng qulayliklar yaratiladi.
Talabgorlar xujjatlarini institutning Xodimlar bo'limiga taqdim qilishlari kerak. Ishga qabul qilish bo'yicha komissiya tomonidan suhbat tashkil qilinadi. Suhbat o'tkaziladigan kun va vaqti institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ushbu telegram kanalida e'lon qilinadi.
Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko'chasi, 1-A uy. Mo'ljal: "Rayhon" bozori yonida.