Xitoydagi tajriba – pedagog kadrlar salohiyatini oshirish yo‘lida!
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xitoyda joylashgan Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida kadrlar salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Yakubova Diana Xaydarovna loyiha doirasida tashkil etilgan “Preschool Education Camp”da ishtirok etdi.
Dastur davomida “Xitoyning maktabgacha ta'limini an'anaviy madaniyat bilan integratsiya qilish yo'llari”, “Qum terapiyasi”, “Xitoy xalq musiqasi”, “Maktabgacha ta'limda an'anaviy madaniyatni qo'llash” yo‘nalishlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar oʻtkazildi. Shenyan shahrining tarixiy maskanlari bo‘ylab sayohat ham tashkil etildi va dastur yakunida barcha ishtirokchilarga Shenyan pedagogika universiteti tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
Bunday xalqaro loyihalar o‘z navbatida pedagogik salohiyatni oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi.




©️ UrDPI matbuot xizmati