Close


BUGUN XIVA SHAHRINING “ARDA XIVA” MAJMUASIDA O'TKAZILAYOTGAN “QOVUN SAYLI - 2025" FESTIVALIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI ISHTIROK ETDI.


Bugun Xiva shahrining  “Arda Xiva” majmuasida o'tkazilayotgan “Qovun sayli - 2025" festivalida Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi ishtirok etdi.

Festival doirasida Xorazm viloyatining shahar-tumanlari o‘z hududlarida yetishtirilgan shirin qovunlarning ko‘rgazma-savdosini o‘tkazmoqda, shuningdek, teatrlashtirilgan sahnalar, milliy liboslar va milliy taomlar namoyishi, Xorazm nonlari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro chiqishlari kabilar ham tashkil etilgan.

Sayl 8-10-avgust kunlari davom etadi, barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: