Close


UrDPIDA YANGI O‘QUV YILINING OCHILISHIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIM BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-sentabr kuni butun respublikamiz bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi 2025-2026-o‘quv yilining ochilish marosimlari o‘tkazilmoqda. Xususan, Urganch davlat pedagogika institutida ham bugun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali tadbir 1-bosqich talabalari ishtirokida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.  

Tadbirni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimurodova, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Bekzod Abdirimov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi raisi Farrux Otajonovlar so‘zga chiqdilar.  

Tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda yoshlarga, ta’limga, ilmga qaratilayotgan e’tibor va bundan unumli foydalanish borasida fikr-mulohazalar bildirildi, 1-bosqich talabalari uchun “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilish marosimi o‘tkazildi, shuningdek, Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari ishtirokida milliy kuy va qo‘shiqlarimiz kuylandi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: