Urganch davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi
Tadbirdan so‘ng, faxriy mehmonlar va institutning malakali professor-o‘qituvchilari, xususan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Bekzod Abdirimov, O‘zbekiston xalq qahramoni Egambergan Karimov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat kengashi Tashkiliy kadrlar va boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Gulmira Kazakova, UrDU dotsenti, Beruniyshunos olim Allayor Avezmuratov, Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi a'zosi Rahimboy Otaboyev hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani Hikmat Matyaqubov, Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti dekani Zafar Karimov, Pedagogika fakulteti dekani G‘ayrat Raximovlar ishtirokida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu darslarda mustaqillikning tarixiy mohiyati, uni qo‘lga kiritish uchun kurashgan, ozod va obod vatanda yashashni orzu qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu bilan bir qatorda, mustaqillikdan so‘ng o‘tgan tarixan qisqa davr mobaynida yurtimizdada qo‘lga kiritilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi, tarixiy natijalar alohida ta'kidlandi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.




©️ UrDPI matbuot xizmati