Close


UrDPIDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” VA “YANGI O‘ZBEKISTON OLIMPIA CHO‘QQILARI” SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI


UrDPIda “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yangi O‘zbekiston olimpia cho‘qqilari” sport musobaqalariga start berildi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri O‘ktam Matnazarov, institut Sport klubi raisi o‘rinbosari Sanjar Muratovlar ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yangi O‘zbekiston olimpia cho‘qqilari” sport musobaqalarining ochilish tadbiri o‘tkazildi. 

 Endilikda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, yengil atletika sport turlari bo‘yicha fakultet, institut, hudud va respublika bosqichlari o‘tkaziladi. 

 “Yangi O‘zbekiston olimpia cho‘qqilari”ning kuz mavsumi (mini futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika) va bahorgi mavzum (basketbol, badmington, shaxmat, kurash, gandbol, regbi, suv polosi, chim ustida hokkey) musobaqalari o‘tkaziladi. 

 Murojaat uchun: Sport klubi raisi o‘rinbosari Sanjar Muratov +998934690066

© UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: