Ustozlarga ehtirom – jamiyatimizning ulug‘ qadriyati
27-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Tadbir avvalida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy daraja va unvon olganlar taqdirlandilar. Shuningdek, ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlar institut Faxriy professori unvoni bilan, yana bir guruh professor-o‘qituvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida madaniy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va ayniqsa, ilk bor kuylangan UrDPI yoshlari madhiyasi yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.




©️ UrDPI matbuot xizmati