UrDPI vakili Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universitetida malaka oshirmoqda.
Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning nufuzli Kembrij universiteti tomonidan pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish doirasida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Mazkur dasturda Urganch davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jaloladdin Sa'dullayev ham ishtirok etmoqda.
Kurs davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va tajriba almashmoqdalar:
— “Samarali dars haqidagi qarashlar” – ideal darsning ko‘rinishi, o‘qituvchining malakasi, talabalar faolligi va samarali pedagogik amaliyotlar haqida;
— “O‘qituvchilarni tayyorlashdagi xalqaro sifat me'zonlari” – turli mamlakatlarda o‘qituvchi tayyorlash tizimlarining ilg‘or tajribalari;
— “Ta’lim fakultetida o‘qituvchilarni tayyorlash va kasbiy rivojlanish” – Kembrij universitetining PGCE (Pedagogik malaka sertifikati) modeli, mentorlik va hamkorlik tizimi;
— “Mutaxassislik fanlaridan dars kuzatuvi” – matematika yo‘nalishidagi PGCE talabalarining darslarini kuzatish, faol o‘qitish metodlari, resurs tanlash va baholash yondashuvlarini o‘rganish.
Dasturning ikkinchi haftasida esa milliy o‘quv dasturlari bilan ishlash, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda Cambridge Maths School va Comberton Village College kabi ta’lim muassasalariga tashriflar rejalashtirilgan.




©️ UrDPI matbuot xizmati